вторник, 12 августа 2014 г.

POK TUYG`ULAR


 Qishning ilk kunlari juda zerikarli o`tarkan. Har daqiqa yolg`izlikni eslatib turganday bo`ladi bu qish. Ayni shu topda faqatgina radio meni yolg`izlikdan olib chiqadi. Undan kelayotgan ovoz, yoqimli ovoz juda shirali, erta tongdan nimanidur kutib yashayotgan qaxratonda muzlagan dillarga iliqlik uyg`otadi. Bu men har gal kutadigan dastur, ana boshlandi.
--“Kecha o`tgan edi sizning yoningizda,
G`oyibona uchrashyapmiz fursat yetib,
 Orom berish bois sizning joningizga,
Yoningizda bo`lmoqdamiz tongdan o`tib.
 Sizning xonadoningizda, ko`nglingizga yaqin deb bilganingiz sizdan mehr istovchi, sizga-da yaqin bo`lishni, har daqiqa hamrohingiz bo`lishgada ilhaq НРТ Termiz radiosi.”
 --Ha ko`nglimga yaqin bilganim, sen bilan yaqin bo`lishga ilhaq radio. Atrof oppoq qorga burkangan. U har bir uyga oppoq kapalaklar singari uchib kirib borayapti. Sen ham har bir xonadonga poklik ulashayotgandaysan.
--“Qishning mayin yog`ayotgan qorlari barchangizga baxt olib kelsin. Oppoq qorga qiyoslangan pok tuyg`ular qalbingizni nurga to`ldirsin.”
--Pok tuyg`ular. Ha, oppoq qorga qiyoslangan pok tuyg`ular. Insonda bu tuyg`ular bo`lishi kerak. U tuyg`ularni qor kabi har bir insonga, har bir xonadonga ulashish kerak. Faqatgina bunda qor emas mehr bo`lib, soflik bo`lib, pok tuyg`ular oppoq orzular bo`lib.
--“Hayot turfa ranglarga burkangan. Uning ranglari yoz jaziramasida ham qish qaxratonida ham uchraydi. Siz esa bunday kunlarni pok tuyg`ularingiz bilan bosib o`ting.”
--Darhaqiqat, insonga poklik, mehr muhabbat hamroh bo`lsa u har qanday mashaqqatni bosib o`ta oladi. O`sha bosgan izlaringizni mehr muhabbat ezgulik kabi tuyg`ularingiz yog`ilib, bosgan izingizni nurga to`ldiradi. Huddi o`sha oppoq qorga qiyoslangan pok tuyg`ular kabi…


                                            ESHMURODOVA DURDONA

“MILLIY LIBOS KIYISHDAN UYALAMAN….!”



 Ertalabdan kimdir ishga kimdir o`qishga va yana kimdir o`z yumushi bilan ko`zlangan manziliga avtobusda chiqib yo`lga otlandi. Navbatdagi bekatga to`xtagan avtobus eshigidan sochlari qirq o`rim atlas ko`ylaklari o`ziga zeb berib turgan boshiga iroqi do`ppi kiygan qiz yo`lovchilar diqqatini tortdi. Oldi o`rindiqqa o`tirgan momo milliy kiyingan qizga havas bilan boqar ekan nabirasiga so`z qotdi.
        -Senga xam shunday liboslar olib bersam sochlaringni mayda  
        O`rib yursang judayam yarashsa kerak?

KO`NGLIM KO`CHALARIDA…


  Hayot turfa ranglarga burkangan. Uning ranglari har faslda uchraydi. Bu  fasllarda insonning o`y-hayollari, orzu-umidlari, yaxshi yomon kunlari hayot ranglarida har bir inson hayol yo`lidan o`tib turadi. Faqatgina o`sha fasl qaxratoniyu, jaziramasiga dosh bera olsa unga hayot kulib boradi.
   O`y-hayollarni surib, o`ylardagi turfa go`zalligu, niyatlarni barpo bo`lishini so`rab yashaydi-bu orzular fasli. Bu fasl ko`chalarida yahshi orzu niyatla o`ting. Orzular amalgam oshadi, niyatlar ijobad bo`ladi. Chin dildan so`raglan orzu-niyatlar amalga  oshmay qolmaydi. Axir bu orzular faslida.
  

HAYOT DAVOM ETADI


                 
 Ufqdan ko`tarilayotgan quyosh uning zarrin nurlari atrofidagi ajib gullarning hushbo`y ifori-bu tong.
Bunda nafaqat insonlar, gullar, qushlar dov-daraxtlar balki insoniyatning ajib hislari ham uyg`onadi-bu bahor tongi.
 So`ngra hislar barg yozib, gullar meva beradi, hayotning lazzatbahsh onlaridan bahramand bo`ladi-bu yoz tongi.

DO`ST


                            
Quyoshning oyi bor, yerning osmoni,
Dengizning sohili, kunning oqshomi.
Lekin ularning mendek yoq omadi,
Chunki sizdek do`stim bor, yoqdir armonim…

Biz bilgan


Biz bilgan, tanigan qo`y og`zidan cho`p olmaydigan insonlar tiliga erk beradigan bo`lib qolishadi. Bunga oilani ta`sirimi yoki atrof muhitnimi bilish qiyin. Kesakdan xam o`t chiqar ekanda deymiz. Kamsuqum kamgap, og`ir bosiq insonning fe`l atvorini o`zgarishi o`ziga yarashmasada sababini surishtirib ham ko`rmaymiz. Ko`ksiga yig`ilgan so`z  tilga ko`chadi.
Achchiq so`z ham shirin so`z ham bir tildan bir dildan chiqar. Yurak yutib aytilmagan gaplar sabr kosa to`lganda aytib-aytib ko`ngildan bo`shatiladi. Yaxshiga yondashib yomondan qochsakda til hamisha biz bilan birga. Idrok-aqlning jilovi. Aqlni jilovlay olmagan inson o`zini xech qachom idrok etolmaydi.
                   

                                                              ESHMURODOVA DURDONA

BIR KAM DUNYO


Inson dunyoga kelar ekan peshonasiga nelar bitilishini bilmas ekan. Chamangul bu dunyoning kamidan bebaxra qolmadi. Peshonasida nimaki yozilgam bolsa barini ko`rdi. O`zgalarga dardini doston qilmadi, yozg`irmadi.