вторник, 12 августа 2014 г.

YOLG`ON MUOMILA


Ko’ngil qushlarini bir zum ozod qoyib, ko`nglizdan so`rab ko`ringchi, ruhiyatingizdagi bir xillik nechog`lik o`zingizga azob berib keladi. Savolimdan hayron bo`layotgandirsiz?
 Har kungi qiladigan ishlaringizni hisob-kitob qilib, ko`z oldingizga bir keltirib ko`ring-chi. Erta tongdan turasiz. Erinib ketayoygandaysiz, uzoqlarga ketib qolgingiz kelaveradi. Hammasiga qo`l siltab olislarni ko`zlaysiz,. Nimaga? Tuni bilan ayolingiz rozg`orning kemtigi qachon to`lishini so`rayverib joningiz halqumingizga keldi?

Estalik.......


Xali maktab yoshiga yetmagan chog`im edi. Onam menga o`qish va yozishni bilmasamda kitob xarid qilib olib berardilar. Ilk bora tilim chiqqandayoq atrofimdagi kattalarga tahlit qilib meni dunyoga keltirgan insonimni mushtiparimni AYA deb atay boshladim. 

TERMIZIM KO`RKI


                        
El bilan suyunib, kuyunib toblanib shu kunlarga yetib keldik. Hurlik havosidan simirgan o`pkalarimiz musaffo bo`ldi. Buyuk o`zgarishlar davriga kirdik.
 Mustaqil O`zbekistonimizni poydevori kunbakun, oyma-oy, yilma-yil mustahkamlanib bormoqda. Kundan-kun chiroy ochib shahar ko`rkiga ko`rk qo`shib borayotgan binoyu-inshoatlar, istirohat bog`lari, ko`m-ko`k archazorli ko`chalari bilan kishini o`ziga maftun etguvchi Termiz shahridir.

TAQDIR DAFTARI.



   Bu hayot huddi men yozayotgan hikoyaga o`xshaydi. Hikoya qaxramonlarini ertangi kuni, uni ertaga qanday damlar kutayotgani yozuvchiga bog`liq. Hozir men ham meni hayotimni yozayotgan “Hayot” yozuvchisidan ertangi kunim bugungidan beqadir emas u, lekin yolg`onlarsiz o`tishini istardim. 

SUT BILAN KIRGAN JON BILAN CHIQADIMI?


                  
“Sut bilan kirgan jon bilan chiqadi” degan iborani ishlatamiz. Ammo har gal shu gapni eshitganimda pokiza ona sutining farzand hulqiga qanday daxli borligi haqida o`ylab qolaman.
 Oramizda tabiati injiq, fe`li tor, salbiy jihatlari ko`p insonlar borki, ularga nisbatan ushbu iborani tez-tez takrorlab turamiz. Onalar oppoq sutini farzandiga bera turib, eng ezgu niyatlar bilan mehrini, borini, borlig`ini qo`shib beradi. Farzandim bergan oq sutimni oqlasin, birovga ozor bermasin, deya yurak hovuchlab yashaydi ona. Bergan sutini oqlamasa, aybsiz aybdor ham shu mushfiq onaning o`zi bo`ladi. Onaizor hech qachon sutiga qo`shib jahlini, qaxrini bermaydi. Oqibatsiz bo`lsin demaydi.keksayganimda huzurini ko`rib yashay deydi.

SEPGA QO`SHILADIGAN YANGICHA BUYUM


Bir paytlar kelin sepining ko`rki sanalgan, keyinchalik yoqolib ketgan taomillar, shukrki, bugun yana qayta tiklana boshladi.

Inson borki, nasl-nasabi va ajdolarining urf-odatlariyu rasm-rusumlari bilan qiziqadi, albatta. Qadimda to`ylar bilan bog`lik ezgu odatlar endilikda yana davom etyapti.

Seni shunday sevaman,Vatan..!



Kimga qanday bilmadim-u menga mana shu kom-kok dalam va keng konglimdan ozga Vatan yoq.
  Men qoylarimning tumshugudan opgan ot-olanlaru gul chechaklarni quchib katta boldim. Bagrim tolib ulgaydim. Ularni yuzimga bosib,chopon tayogimga suyanib,kozim tushgan yerlarni kozim ila quchib ozimni topib oldim. O’zligimni angladim.
 

QADRLI OHANGLAR


       Oila davrasida otirib,mumtoz kuy qoshiqlarni va jozibali raqslarni miriqib korayotgandik,shu payt eshik taqilladi.Eshikni ochsam,qoshni ayol oyimni sorab chiqibdi.Darrov uyga taklif qildim.Qoshnimiz oyim bilan hol-ahvol sorashgach,televizorga yuzini chimirgancha qarab:

Polvon


  
Rozi polvon orli edi. Rozi polvon nomusli edi. Ori uchun kurashdi, kurashaverdi.belidagi belbogI mahkam edi polvonning, olishaverdi. Surxonning polvoni bolib tushdi ortaga. Kop alplarni kuragini yerga teqqizdi,yiqitdi yiqilmadi. Rozi polvon bilan kurash tushish uchun yurak kerak boldi raqibga. Kelbati chochitdi raqibni. Kop joylarga bordi Surxonning ori uchun talashdi.

POK TUYG`ULAR


 Qishning ilk kunlari juda zerikarli o`tarkan. Har daqiqa yolg`izlikni eslatib turganday bo`ladi bu qish. Ayni shu topda faqatgina radio meni yolg`izlikdan olib chiqadi. Undan kelayotgan ovoz, yoqimli ovoz juda shirali, erta tongdan nimanidur kutib yashayotgan qaxratonda muzlagan dillarga iliqlik uyg`otadi. Bu men har gal kutadigan dastur, ana boshlandi.
--“Kecha o`tgan edi sizning yoningizda,
G`oyibona uchrashyapmiz fursat yetib,
 Orom berish bois sizning joningizga,
Yoningizda bo`lmoqdamiz tongdan o`tib.
 Sizning xonadoningizda, ko`nglingizga yaqin deb bilganingiz sizdan mehr istovchi, sizga-da yaqin bo`lishni, har daqiqa hamrohingiz bo`lishgada ilhaq НРТ Termiz radiosi.”
 --Ha ko`nglimga yaqin bilganim, sen bilan yaqin bo`lishga ilhaq radio. Atrof oppoq qorga burkangan. U har bir uyga oppoq kapalaklar singari uchib kirib borayapti. Sen ham har bir xonadonga poklik ulashayotgandaysan.
--“Qishning mayin yog`ayotgan qorlari barchangizga baxt olib kelsin. Oppoq qorga qiyoslangan pok tuyg`ular qalbingizni nurga to`ldirsin.”
--Pok tuyg`ular. Ha, oppoq qorga qiyoslangan pok tuyg`ular. Insonda bu tuyg`ular bo`lishi kerak. U tuyg`ularni qor kabi har bir insonga, har bir xonadonga ulashish kerak. Faqatgina bunda qor emas mehr bo`lib, soflik bo`lib, pok tuyg`ular oppoq orzular bo`lib.
--“Hayot turfa ranglarga burkangan. Uning ranglari yoz jaziramasida ham qish qaxratonida ham uchraydi. Siz esa bunday kunlarni pok tuyg`ularingiz bilan bosib o`ting.”
--Darhaqiqat, insonga poklik, mehr muhabbat hamroh bo`lsa u har qanday mashaqqatni bosib o`ta oladi. O`sha bosgan izlaringizni mehr muhabbat ezgulik kabi tuyg`ularingiz yog`ilib, bosgan izingizni nurga to`ldiradi. Huddi o`sha oppoq qorga qiyoslangan pok tuyg`ular kabi…


                                            ESHMURODOVA DURDONA

“MILLIY LIBOS KIYISHDAN UYALAMAN….!”



 Ertalabdan kimdir ishga kimdir o`qishga va yana kimdir o`z yumushi bilan ko`zlangan manziliga avtobusda chiqib yo`lga otlandi. Navbatdagi bekatga to`xtagan avtobus eshigidan sochlari qirq o`rim atlas ko`ylaklari o`ziga zeb berib turgan boshiga iroqi do`ppi kiygan qiz yo`lovchilar diqqatini tortdi. Oldi o`rindiqqa o`tirgan momo milliy kiyingan qizga havas bilan boqar ekan nabirasiga so`z qotdi.
        -Senga xam shunday liboslar olib bersam sochlaringni mayda  
        O`rib yursang judayam yarashsa kerak?

KO`NGLIM KO`CHALARIDA…


  Hayot turfa ranglarga burkangan. Uning ranglari har faslda uchraydi. Bu  fasllarda insonning o`y-hayollari, orzu-umidlari, yaxshi yomon kunlari hayot ranglarida har bir inson hayol yo`lidan o`tib turadi. Faqatgina o`sha fasl qaxratoniyu, jaziramasiga dosh bera olsa unga hayot kulib boradi.
   O`y-hayollarni surib, o`ylardagi turfa go`zalligu, niyatlarni barpo bo`lishini so`rab yashaydi-bu orzular fasli. Bu fasl ko`chalarida yahshi orzu niyatla o`ting. Orzular amalgam oshadi, niyatlar ijobad bo`ladi. Chin dildan so`raglan orzu-niyatlar amalga  oshmay qolmaydi. Axir bu orzular faslida.
  

HAYOT DAVOM ETADI


                 
 Ufqdan ko`tarilayotgan quyosh uning zarrin nurlari atrofidagi ajib gullarning hushbo`y ifori-bu tong.
Bunda nafaqat insonlar, gullar, qushlar dov-daraxtlar balki insoniyatning ajib hislari ham uyg`onadi-bu bahor tongi.
 So`ngra hislar barg yozib, gullar meva beradi, hayotning lazzatbahsh onlaridan bahramand bo`ladi-bu yoz tongi.

DO`ST


                            
Quyoshning oyi bor, yerning osmoni,
Dengizning sohili, kunning oqshomi.
Lekin ularning mendek yoq omadi,
Chunki sizdek do`stim bor, yoqdir armonim…

Biz bilgan


Biz bilgan, tanigan qo`y og`zidan cho`p olmaydigan insonlar tiliga erk beradigan bo`lib qolishadi. Bunga oilani ta`sirimi yoki atrof muhitnimi bilish qiyin. Kesakdan xam o`t chiqar ekanda deymiz. Kamsuqum kamgap, og`ir bosiq insonning fe`l atvorini o`zgarishi o`ziga yarashmasada sababini surishtirib ham ko`rmaymiz. Ko`ksiga yig`ilgan so`z  tilga ko`chadi.
Achchiq so`z ham shirin so`z ham bir tildan bir dildan chiqar. Yurak yutib aytilmagan gaplar sabr kosa to`lganda aytib-aytib ko`ngildan bo`shatiladi. Yaxshiga yondashib yomondan qochsakda til hamisha biz bilan birga. Idrok-aqlning jilovi. Aqlni jilovlay olmagan inson o`zini xech qachom idrok etolmaydi.
                   

                                                              ESHMURODOVA DURDONA

BIR KAM DUNYO


Inson dunyoga kelar ekan peshonasiga nelar bitilishini bilmas ekan. Chamangul bu dunyoning kamidan bebaxra qolmadi. Peshonasida nimaki yozilgam bolsa barini ko`rdi. O`zgalarga dardini doston qilmadi, yozg`irmadi.
  

AYOL


Tun. Barcha shirin uyquda. Xatto hamxonasi Guli ham dardlarini unutib orom olmoqda. Birgina Munira bundan benasib. Shifoxonaga yotganiga ham o`n kun bo`ldi. Lekin axvoli o`sha - o`sha. Ikkinchi farzandi dunyoga kelgach buyrak xastaligiga chalindi. Mana besh yildirki bu dard bilan kurashadi. Tunlari bedor to`lg`onib chiqishlarining oxiri ko`rinmas. Xabdorilar ichib tomchi ukollar olishdan kami qolmadi.