Biz bilgan, tanigan
qo`y og`zidan cho`p olmaydigan insonlar tiliga erk beradigan bo`lib qolishadi.
Bunga oilani ta`sirimi yoki atrof muhitnimi bilish qiyin. Kesakdan xam o`t
chiqar ekanda deymiz. Kamsuqum kamgap, og`ir bosiq insonning fe`l atvorini
o`zgarishi o`ziga yarashmasada sababini surishtirib ham ko`rmaymiz. Ko`ksiga
yig`ilgan so`z tilga ko`chadi.
Achchiq so`z ham
shirin so`z ham bir tildan bir dildan chiqar. Yurak yutib aytilmagan gaplar
sabr kosa to`lganda aytib-aytib ko`ngildan bo`shatiladi. Yaxshiga yondashib
yomondan qochsakda til hamisha biz bilan birga. Idrok-aqlning jilovi. Aqlni
jilovlay olmagan inson o`zini xech qachom idrok etolmaydi.
ESHMURODOVA DURDONA
Комментариев нет:
Отправить комментарий