вторник, 12 августа 2014 г.

QADRLI OHANGLAR


       Oila davrasida otirib,mumtoz kuy qoshiqlarni va jozibali raqslarni miriqib korayotgandik,shu payt eshik taqilladi.Eshikni ochsam,qoshni ayol oyimni sorab chiqibdi.Darrov uyga taklif qildim.Qoshnimiz oyim bilan hol-ahvol sorashgach,televizorga yuzini chimirgancha qarab:

  Yana gazalmi,shu siqasi chiqqan qoshiqlani jinim suymaydi. Bundan zamonviyroq qoshiqlardan,filmlardan havola etishsa bolmaydimi?”deya zorlandi ayol. Men esa bir qoshnimizga,bir televizorga qarab oyga botdim. Negaki shu payt aynan oynai jahonda xonandaMunojotni kuylayotgandi. Bu ohangni tinglab,qanchalar shirin oy surish mumkin-a?! Buvamlarnikiga  borganimda bu qoshiqni qanchalar qadrli,aziz ekanligini anglaganman. Ular keksayib qolishganligi uchun shu kuyni mehr bilan tinglashadi desam,yosh bola turib mening ham bu kuyga qiziqishim ortdi-ku.
     Togri,biz hozirgi kun yoshlarimiz ota-bobolarimiz davridagi sanat dargalarini tanimaymiz. Mamurjon Uzoqov,Tavkkal Qodirov,Joraxon Sultonov,Komiljon Otaniyoxov,Tamaraxonim kabi hofizlarni tanisak-da,manosiga tushunib bomaydigan yengil-yelpi qoshiqlarga,kuylarga berilib ularni unutayotganimiz sir emas. Ammo kimdur bu dargalarimiz qoshiqlaridan bahramand bolishi kerak-ku. Zero,unutilmas maqom qoshiqlarimiz bizning milliyligimizdan nishona ekanligini unutmasligimiz lozim.


                                                    ESHMURODOVA DURDONA

Комментариев нет:

Отправить комментарий