“Sut bilan kirgan
jon bilan chiqadi” degan iborani ishlatamiz. Ammo har gal shu gapni
eshitganimda pokiza ona sutining farzand hulqiga qanday daxli borligi haqida
o`ylab qolaman.
Oramizda tabiati injiq, fe`li tor, salbiy
jihatlari ko`p insonlar borki, ularga nisbatan ushbu iborani tez-tez takrorlab
turamiz. Onalar oppoq sutini farzandiga bera turib, eng ezgu niyatlar bilan
mehrini, borini, borlig`ini qo`shib beradi. Farzandim bergan oq sutimni oqlasin,
birovga ozor bermasin, deya yurak hovuchlab yashaydi ona. Bergan sutini
oqlamasa, aybsiz aybdor ham shu mushfiq onaning o`zi bo`ladi. Onaizor hech
qachon sutiga qo`shib jahlini, qaxrini bermaydi. Oqibatsiz bo`lsin
demaydi.keksayganimda huzurini ko`rib yashay deydi.
Kirar sut bilan yaxshi hislatlar,
Tosh qotgan yurakka yomon illatlar.
O`tkinchi dunyoda yaxshi nom
chiqar,
Kun kelib bu hislat farzandga
yuqar.
Ushbu iboraning yana qanday talqini, tarixi va
sharhi bor? Shu haqda bilishni istardik.
Комментариев нет:
Отправить комментарий