-Senga xam shunday liboslar olib bersam
sochlaringni mayda
O`rib yursang judayam yarashsa kerak?
-milliy libos kiyishdan uyalaman.
Naxotki bizning milliyligimiz yoshlarni uyatga
qoysa. Turli tajavvuskor o`yinlar o`ynashga uyalmaymiz-u, ammo beshtosh,
chillik o`yinlari o`ynashga uyalamiz. Biror so`zi ham tushunarsiz chet el
qo`shiqlarni jon qulog`imiz ila tinglaymiz, xatto musiqasiga tebranib xam
qo`yamiz. Afsuski o`zimizning milliy qo`shiqlarimiz laparlaru allalar borligini
unutamiz. Bahshilarimiz ijrosida kuylangan betakror dostonlar avloddan avlodga
shu kunga qadar yetib kelmoqda. Har bir baxshining o`z ovozi kuylash uslubi bor
biz qiziqib ham ko`rmaymiz hatto.
Davralarda kurash tushib,ko`pkari chopib yurgan alp o`g`lonlar o`zligimizni
unutmoqqa haqqimiz yoq.
Milliy cholg`u
asboblarimiz qatori sibizg`a, chanqovuz, do`mbirani kelib chiqishi qay
ko`rinishda ekanligi bilan qiziqib ham ko`rmaymiz. Qadriyatlarimizga mos
kelmaydigan liboslarni kiyib o`zimizni naqadar baxtiyor xis etamiz. Ammo
naqshinkor jiloli atlaslarimizni ipakdan yaralishini biz qanday bilaylik.
Do`kon rastalarida “mini-mini” liboslariga ko`zimiz tushdi-tu biroq adraslarga
kelganda lab buramiz.
Bugunning qaxramoni
yoshlar. Bugunning ertasi ham yoshlar. Yurt kelajagi, istiqboli bo`lgan
insonlar ham umidi biz yoshlar. Zamon bilan hamnafas bo`lish yaxshi, lekin
yurtboshimiz ta`biri bilan aytganda “Tarixni bilmay o`zlikni anglab bo`lmaydi”.
Bugun biz milliy libos kiygani uyalsak ertaga farzandlarimizga To`marisu,
Barchinoy kiygan liboslarni qanday tasvirlab beramiz axir.
O`tov ham bir Vatan. Unda oila kamol togan,
ajdodlarimiz o`sha uyda unib o`sgan oshyondir.
Jadid bobolarimiz
Mustaqillik uchun kurashayotgan bir paytda “millatni yoq qilish uchun uni
qirish shart emas. Uning madaniyatini, san`atini, tilini yoq qilsak bas, tez
orada o`zi tanazulga uchraydi” degan fikrlarini general Skobelev aytgan. Ammo u
maqsadiga erisha olmadi.
Biz madaniyatimizni,
san`atimizni,tilimiz va o`zligimizni saqlab qoldik. Bobolardan momolardan
qolgan meros tuxfani avaylab asrash biz yoshlarning qo`lida. Bu merosni
avloddan avlodga o`tishga biz ham xissa qo`shaylik.
ESHMURODOVA DURDONA
Комментариев нет:
Отправить комментарий