Ufqdan ko`tarilayotgan quyosh uning zarrin
nurlari atrofidagi ajib gullarning hushbo`y ifori-bu tong.
Bunda nafaqat
insonlar, gullar, qushlar dov-daraxtlar balki insoniyatning ajib hislari ham
uyg`onadi-bu bahor tongi.
So`ngra hislar barg yozib, gullar meva beradi,
hayotning lazzatbahsh onlaridan bahramand bo`ladi-bu yoz tongi.
O`sha sarg`ayib to`kilayotgan barglar
hayotning beshavqat sinovlaridan muzlaydi, oppoq qorlar orasiga berkinadi-bu
qish tongi.
Mana o`sha sinovlarga dosh bergan barg uni
qaxraton qish orasidan sug`urib, ajib gullar orasiga soling, zero yana gullab
meva bersin, chunki u hayotning sinovlariga dosh bera oladi, zero qishning
bag`ridan chiqqan barg yanada hayotning sinovlariga tayyor turadi. Faqat uni
uyg`otish kerak. Axir hayot davom etayapti.
O, go`zal tabiat gullayapsan, buloqlarning
shodon qiqirlashi kabi kulayapsan. Senda yana ajib hislar uyg`onadi-yana o`sha
bahor tongi.
Yillar, oylar o`taveradi, gullar goh so`nadi,
goh yolg`on va`dalar qurboni singari sarg`ayadi, to`kiladi, goh muzlaydi, lekin
hayot davom etaveradi.
Buni tushunganing uchun senga rahmat-ONA
TABIAT.
ESHMURODOVA DURDONA/
Комментариев нет:
Отправить комментарий