Inson dunyoga kelar ekan peshonasiga nelar
bitilishini bilmas ekan. Chamangul bu dunyoning kamidan bebaxra qolmadi.
Peshonasida nimaki yozilgam bolsa barini ko`rdi. O`zgalarga dardini doston
qilmadi, yozg`irmadi.
Ota uyiga qaytgach Chamangulga ukasinig
farzandlari ovunchoqqa aylandi. Uka va kelin qo`liga qaramadi. Tunlari do`ppi
kashta tiksa, kunduzi uy yumushlariga qarashar, qo`l mehnatini sotib ro`zg`orga
o`z xissasini qo`shardi.
Avtoxalokat tufayli bir kunda ham ukasi ham
kelinidam ayrilgan Chamangul mushkul ahvolda qoldi. Shunday bo`sada o`zini yoqotmadi. Ro`zg`or
yuki yelkasida qolsada xudodan o`ziga madad so`radi. Ukasining farzandlariga
mehribon, jonkuyar amma bo`ldi.
Oylarning ortidan quvib yillar o`tdi. Bu
orada Chamangul, Chamangul momo boldi. Jiyanlardan ko`ngli to`ldi. Ularni
birin-ketin uyli-joyli qildi. Jiyanlarinig farzandlari uchun endi u momoga
aylandi.
ESHMURODOVA DURDONA
Комментариев нет:
Отправить комментарий