Ko’ngil qushlarini
bir zum ozod qoyib, ko`nglizdan so`rab ko`ringchi, ruhiyatingizdagi bir xillik
nechog`lik o`zingizga azob berib keladi. Savolimdan hayron bo`layotgandirsiz?
Har kungi qiladigan ishlaringizni hisob-kitob
qilib, ko`z oldingizga bir keltirib ko`ring-chi. Erta tongdan turasiz. Erinib
ketayoygandaysiz, uzoqlarga ketib qolgingiz kelaveradi. Hammasiga qo`l siltab
olislarni ko`zlaysiz,. Nimaga? Tuni bilan ayolingiz rozg`orning kemtigi qachon
to`lishini so`rayverib joningiz halqumingizga keldi?
Ostona hatlab ko`chaga chiqasiz. Ko`shningiz
uzundan-uzoq hol-ahvol so`raydi. Kulib javob qaytarasiz. “Yaxshi, rahmat.
Hammasi joyida!”. Yuragingiz ezilib ketdi. “Onamning ko`zlarini davolatish
kerak!” deya uvvos solgingiz keladi. Baxtiyorligingizdan ichingizga sig`may
ketayotganday qilib ko`rsatasiz o`zingizni.
Ishxonaga kelasiz. Qorovul sog`ligingizni
so`raydi. “Otdayman” deya yuragingizni changallaysiz. Kecha boshliqning qilgan
ta`na-dashnomlari yodingizga tushib ketadi. Istab-istamay qadam tashlaysiz.
Qani endi birov bor ket, dam ol, desa. Ketib yuborarmidingiz? O`zingizdan, o`z
ruhiyatingizdan qochib qayerga ham borish mumkin?
Ranjimang. Chunki bir sizning emas,
atrofingizdagi hammaning muammosi shu. Hamma ham ana shunday muomila qiladi.
Kayfiyat insonda hamisha barqaror turmaydi. Ishoning, bugungi muammolaringiz
ertaga o`z-o`zidan hal bo`lar. Aldab yashashning ham oxiri bordir. Rostdan ham,
tuni bilan miriqib uxlarsiz. Onangiz qaltiroq qo`llari bilan duo qilib,
ortingizdan ko`zidagi mehr nurini to`kib darvozagacha kuzatib qoyar. Ortiq
yuragingiz bezovta qilmas. Agar men ham aldayotgan bo`lsam ma`zur tuting.
ESHMURODOVA DURDONA
Комментариев нет:
Отправить комментарий