вторник, 12 августа 2014 г.

AYOL


Tun. Barcha shirin uyquda. Xatto hamxonasi Guli ham dardlarini unutib orom olmoqda. Birgina Munira bundan benasib. Shifoxonaga yotganiga ham o`n kun bo`ldi. Lekin axvoli o`sha - o`sha. Ikkinchi farzandi dunyoga kelgach buyrak xastaligiga chalindi. Mana besh yildirki bu dard bilan kurashadi. Tunlari bedor to`lg`onib chiqishlarining oxiri ko`rinmas. Xabdorilar ichib tomchi ukollar olishdan kami qolmadi. 

Sog` bo`lib ro`rg`or ishiga yarasang oilangga, turmush o`rtog`ingga yoqar ekansan. Aslida barchasiga o`zim aybdor o`yladi Munira. Tug`ruqxonadan keliboq o`zini o`tga suvga urdi. Qishloq joy emasmi, bir necha chaqirim joydan chelaklab suv toshidi. Aksiga olib o`sha yili qattiq qish kelib qor qalin yog`di. Ovsinlar bilaman deb tutildim, bilmiman deb qutildim deya katta rozg`orning mayda ishlarini uni zimmasiga yukladi. “Ayolning qirqta joni” toshdan-da qattiq ekan.
 Avval shifoxonaga yotganida xar ikki uch kunning birida ko`rinish beradigan turmush o`rtog`i shifoxonaga tashlab ketib qaytib ketmadi. Yaxshiyam baxtiga tug`ishgan jigarlari bor ekan. Sog`liging bu boyliging deb bejiz aytishmas. Munira jajji farzandlarini kamolini ko`rish ilinjida tezroq sog`ayib ketishini xudodan so`rab tong ottirdi.


                                          ESHMURODOVA DURDONA

Комментариев нет:

Отправить комментарий