вторник, 12 августа 2014 г.

Seni shunday sevaman,Vatan..!



Kimga qanday bilmadim-u menga mana shu kom-kok dalam va keng konglimdan ozga Vatan yoq.
  Men qoylarimning tumshugudan opgan ot-olanlaru gul chechaklarni quchib katta boldim. Bagrim tolib ulgaydim. Ularni yuzimga bosib,chopon tayogimga suyanib,kozim tushgan yerlarni kozim ila quchib ozimni topib oldim. O’zligimni angladim.
 
Adir-u dalalardan o’zga ko’ngildosh topa olmadim,o’tov o’rtasida yozilgan dasturxon jizzali non-u,momomning beshik tebrataaytayotgan allasidan Vatan nelardan boshlanishini angladim.

   Shu diyorda tug’ilib,o’sayotganimni bundan o’zga menga ko’ngildosh dildosh yoqligini va jonim uzulib,yurtim tuproqlari qa’riga kirmaguncha sevib,uning bag’rida yashashimni angladim.
   O’zbek xalqi eshik taqqilatib kelgan har bir insonni o’zbekona lutf-karam ila kutib olishdan tortib,mexrini ulashib,o’z go’shasi tomon ketgunga qadar o’zbekning mexmondo’stlik odatlarini yodda saqlaydi. Men Vatanni mana shunday,odatlari ila sevaman.
   Uni shunday sevamanki,o’zga elni dulimga hech solmayman. Uni shunday sevamanki,Vatanimni o’z so’zimda so’zlayman. Uni shunday sevamanki quchib,dilim ichiga solib,qalbim tubida asrab-avaylayman. Men seni mana shunday sevaman – VATAN!

ESHMURODOVA DURDONA   

Комментариев нет:

Отправить комментарий