вторник, 12 августа 2014 г.

DO`ST


                            
Quyoshning oyi bor, yerning osmoni,
Dengizning sohili, kunning oqshomi.
Lekin ularning mendek yoq omadi,
Chunki sizdek do`stim bor, yoqdir armonim…

Do`stlik–ulug` tuyg`u, ko`ngildosh bo`lish hammaning ham qo`lidan kelavermaydi. Ba’zan shunday onlar bo`ladiki, bag`ringga bosib mexrini tuyganing do`stingdan o`zga hamyurak topolmay qolasan. Uning o`rnini hech narsa va hech kim bosolmaydi.
 Bolalikdagi qadirdoning bilan o`tgan har bir oning umringni bezab turgan boqqa o`xshaydi. Mehr-muhabbating mevalaridan totib, dilinda insoniylikni undiradi. Do`sting bor bo`lsa, demak, sen yashayapsan, kimningdir ko`ngliga yoqib, uning tub-tubidan o`zing, o`zliging uchun munosib va o`chmas joy topib yashayapsan.
Yashamoqlik baxti nasib etgan har do`stki bor, uning nomi o`lmaydi. Men do`stlik haqida shunchaki gapirib o`tmoqchi emasman. Atrofingizga nazar tashlang, barchamiz bir Xudoning bandalarimiz. Oramizda bugun bor kishi ertaga yoq. Qadr-qimmat tushunchasi hech birimizga yot tuyg`u emas. Umringiz davomida kimga yurakdan qaradingiz, kimniki og`ir ahvoldan xabar oldingiz?demakki, siz do`stsiz. O`sha insonning yuragida manguga makon topishingiz-insoniyligingiz. Mana, do`stlikning oqibati qayerlarga borib taqaladi, mana, unung salohiyati qanday toshu-tarozilarni bosadi. DO`ST bo`lib umr kechirish BAXTning o`zi-ku!

Durdona Eshmurodova

Комментариев нет:

Отправить комментарий