Qishning ilk kunlari juda zerikarli o`tarkan.
Har daqiqa yolg`izlikni eslatib turganday bo`ladi bu qish. Ayni shu topda
faqatgina radio meni yolg`izlikdan olib chiqadi. Undan kelayotgan ovoz, yoqimli
ovoz juda shirali, erta tongdan nimanidur kutib yashayotgan qaxratonda muzlagan
dillarga iliqlik uyg`otadi. Bu men har gal kutadigan dastur, ana boshlandi.
-- “Kecha o`tgan edi
sizning yoningizda,
G`oyibona uchrashyapmiz fursat yetib,
Orom berish bois sizning joningizga,
--
G`oyibona uchrashyapmiz fursat yetib,
Orom berish bois sizning joningizga,
Yoningizda bo`lmoqdamiz tongdan o`tib.
Sizning xonadoningizda, ko`nglingizga yaqin
deb bilganingiz sizdan mehr istovchi, sizga-da yaqin bo`lishni, har daqiqa
hamrohingiz bo`lishgada ilhaq НРТ Termiz radiosi.”
--Ha ko`nglimga yaqin bilganim, sen bilan
yaqin bo`lishga ilhaq radio. Atrof oppoq qorga burkangan. U har bir uyga oppoq
kapalaklar singari uchib kirib borayapti. Sen ham har bir xonadonga poklik
ulashayotgandaysan.
--“Qishning mayin
yog`ayotgan qorlari barchangizga baxt olib kelsin. Oppoq qorga qiyoslangan pok
tuyg`ular qalbingizni nurga to`ldirsin.”
--Pok tuyg`ular.
Ha, oppoq qorga qiyoslangan pok tuyg`ular. Insonda bu tuyg`ular bo`lishi kerak.
U tuyg`ularni qor kabi har bir insonga, har bir xonadonga ulashish kerak.
Faqatgina bunda qor emas mehr bo`lib, soflik bo`lib, pok tuyg`ular oppoq
orzular bo`lib.
--“Hayot turfa
ranglarga burkangan. Uning ranglari yoz jaziramasida ham qish qaxratonida ham
uchraydi. Siz esa bunday kunlarni pok tuyg`ularingiz bilan bosib o`ting.”
--Darhaqiqat,
insonga poklik, mehr muhabbat hamroh bo`lsa u har qanday mashaqqatni bosib o`ta
oladi. O`sha bosgan izlaringizni mehr muhabbat ezgulik kabi tuyg`ularingiz
yog`ilib, bosgan izingizni nurga to`ldiradi. Huddi o`sha oppoq qorga
qiyoslangan pok tuyg`ular kabi…
ESHMURODOVA DURDONA
Комментариев нет:
Отправить комментарий