вторник, 12 августа 2014 г.

Polvon


  
Rozi polvon orli edi. Rozi polvon nomusli edi. Ori uchun kurashdi, kurashaverdi.belidagi belbogI mahkam edi polvonning, olishaverdi. Surxonning polvoni bolib tushdi ortaga. Kop alplarni kuragini yerga teqqizdi,yiqitdi yiqilmadi. Rozi polvon bilan kurash tushish uchun yurak kerak boldi raqibga. Kelbati chochitdi raqibni. Kop joylarga bordi Surxonning ori uchun talashdi.

 Bakovul baqira ketdi, hammani chaqira ketdi.
    ---Hey mardu maydonlar—O!
        Ori osmonlar—O!
       Ko’ksiga urib yurgan o’g’lonlar—O!
      Bugun elda kurash.
     Qani oringa talash!
Ro’zi polvon davrani to’ldirib chiqqanida:
--Men chiqaman !- deya davrani ochib beradigan polvon bo`lmasdi.
Polvon yuz kilolik vaznda tushdi, tushaverdi. El ori uchun talashaverdi.
    Yigitlarning nori qani.
     Bilak kuchi zo`ri qani.
       Tushsin maydon chorlov qildi
         Ko`ksidagi ori qani.
Ro`zi polvon belini bog`lab turdi. Xalq jim bo`ldi. Hammaning ko`zi Ro`zi polvonda. Ro`zi polvonning ko`zi hammada. O`tli-o`tli qaraydi, chorlab-chorlab qaraydi. Bu qarashlarning o`zidayoq raqibning kuragining yerga tekizishi ma`lum boldi. Xalq baqira ketdi. Bakovul chaqira ketdi. „Mardning bolasi maydonda bilinadi?!“
  Qarshilik davraga chiqdi :“Surxoning ori bilan Qarshining nori” kurashadi. Xalq ikkiga bo`lindi. Biri Surxoning ori desa, biri Qarshinig nori deya baqira ketdi. “Surxoning ori!” xalq baqirdi. Men chiqaman deya davrani ochib berishga Ro`zi polvon tushdi. U hamon sersavlat polvon. Sakson yoshni qoralagan bobo,qadim polvon. “Surxonning ori uchun talasib, Qarshilik polvonni yiqitib,mardning bolasi maydonda bilinishini ko`rsatdi. Nomi mangu polvon, chirog`i o`chmas polvon.
        Polvonlarning nori qani,
          Bilak kuchi zo`ri qani.
            Bu maydonda izlari bor
               Surxonning ul ori qani.


                                                ESHMURODOVA DURDONA

Комментариев нет:

Отправить комментарий