El bilan suyunib, kuyunib toblanib shu
kunlarga yetib keldik. Hurlik havosidan simirgan o`pkalarimiz musaffo bo`ldi.
Buyuk o`zgarishlar davriga kirdik.
Mustaqil O`zbekistonimizni poydevori kunbakun,
oyma-oy, yilma-yil mustahkamlanib bormoqda. Kundan-kun chiroy ochib shahar
ko`rkiga ko`rk qo`shib borayotgan binoyu-inshoatlar, istirohat bog`lari,
ko`m-ko`k archazorli ko`chalari bilan kishini o`ziga maftun etguvchi Termiz
shahridir.
Turarjoy binolari, yangi inshoatlar, Super
marketlar, yemakxonalar va mehmonxonalar yangi Termizni go`zallashgandan darak
bermoqda.
Mustaqillikni 20 yillik to`yi arafasida
foydalanishga topshirilgan 12-sonli mehribonlik uyi ko`ksi kemtik bolalarni o`z
bag`riga oldi.
1995-yilda Toshg`uzor-Boysun-Qumqo`rg`on
temiryo`li qurilishi boshlanganda tog` cho`qqisidan poezd yo`l bo`lishi
barchani hayratga solgandi mana bir necha yillardirki xalqning uzoqini yaqin
qilib O`zbekiston temir yo`llari kompaniyasi beminnat hizmat qilib kelmoqda.
Yurtimiz bayramlarga boy. Termizda bunyod
etilgan Anfiteatr turli bayramlarda tomoshabinlar bilan gavjum bo`ladi.
Yonidagi qurilgan Tenniskort binosi sport ishqibozlari uchun mashg`ulot o`tash
maskanidir.
Al-Hakim, at-Termiziy va Murchbobo masjidini
qayta ta`mirlanishi ziyoratga kelib-ketuvchilar uchun go`zal qadamjoga aylandi.
O`n ming o`rinli toshabinga mo`ljallanga
stadion, uch qavatli “Baxt uyi” mustaqillikni 20 yillik to`yiga to`yona bo`ldi.
Kun botib tong otmoqda, Hayot jonlanib, zulmat
chekinib ro`yoga aylanmoqda. Ufqdan ko`tarilayotgan quyoshning zarrin nurlari
yurtimiz uzra, Termizimiz uzra zarrin nurlarini sochmoqda. Quyosh borgan sari
ko`kka bo`ylamoqda. Ko`ksinga shamol tekkan Termizim senga ko`z tegmasin,
baland-baland binolaring bilan bag`ringda boshim ko`kka yetib yursin.
Shahrimni gullab yashnab chiroy ochishiga yurtboshimizning
yo`lboshchiligidir.
ESHMURODOVA DURDONA
Комментариев нет:
Отправить комментарий