вторник, 12 августа 2014 г.

TAQDIR DAFTARI.



   Bu hayot huddi men yozayotgan hikoyaga o`xshaydi. Hikoya qaxramonlarini ertangi kuni, uni ertaga qanday damlar kutayotgani yozuvchiga bog`liq. Hozir men ham meni hayotimni yozayotgan “Hayot” yozuvchisidan ertangi kunim bugungidan beqadir emas u, lekin yolg`onlarsiz o`tishini istardim. 

---Hozir kuzning so`ngi oyi. Tashqarida yomg`ir tinmay yog`yapti. Menga kuz fasli ham, yomg`ir ham, kuz tabiati ham yoqadi. Ammo… Ammo kech kuzda men g’am-qayg’u chulg’ab olayotganday bo’ladi.bilmadim nega bunday bo’larkin? Ota-onam,opa-singlim oilam bo’lsa? Hamma qatori yashab yuribman. Gohida shunday o’yga cho’mamanki, nimani o’ylaganimni bilmayman,lekin doim kulib yuraman. Hozir yig’ladimmi tezda buni unutib har bir kunimga tabassum bilan qaray boshlayman. Shunday bo’lsada kuzda ko’ horg’in yuraman. Ko’zguga qarab,ko’zlarimdagi mayuslikdan meni shunday tashvishim ko’pki ular yuki belimni bukchaytirish o’rniga kozimga o’tayotgaday go’yo. Mayli nima bo’lganda ham kulib yuraman—dedi Husniya o’zini tinchlanyirgan bo’lib,u juda irodali qiz. Also mayus yurmaydi. Uning do’sti faqat honasi burchagidagi ko’zgudir. U juda chiroyli qiz sport bilan shug’ullanadi. Ikki yildan buyon bu mashg’ulotlardan ancha yiroqda. Doim kulib yuraman deydiyu, ammo qalbidagi qora  bulut hozir yomg’ir bo’lib yog’aman, ko’zlaringdan qalqib chiqaman degandek bo’ladi. Shunday bo’lsa ham Husniya hech qachon yig’lamaydi,men irodali qizman deb  o’zini tabassum qilib yashashga undaydi. Uning hayotida ikki yil ilgari tubdan o’zgarish ro’y berdi. O’qishdan qaytoyotganda mashina urib yubordi. Uni kasalxonaga olib borishdi.Mashina haydovchisini esa ichki ishlar hodimlari so’roq qilib o’tirgan bir paytda Husniyaning ota-onasi ham kasalxonaga yetib keldi. Ne ko’z bilan qarasinki uni mashinada urib yuborgan odam uning otasi. Ha uni otasi bo’lib chiqdi. Buni qaranki Husniyani ota-onasi qurbi yetmaganligi sabablimi,yoki otasi ishsiz ekani sabab bo’lib,uni tug’ulishi bilanoq o’ziga to’q oilaga berib yuborishgan. Manashu avtohalokat sababli husniyani o’z ota-onalariga qaytarishdi. Chunki Husniyani o’zi ular bilan yashashni hohladi. Kech bo’lsada oilasi bag’riga qaytdi. Uni opasi va akasi ham bor. Ular oilali,farzandlari ham bor. Husniya hursand uni hamma yaxshi ko’radi.
 ---Men hayotim qanday o’tayotganidan unda qanday yaxshi yomon kunlar bo’lishidan qat’iy nazar hayotga kulib boqaman. Garchand meni hayoti yolg’on bilan boshlangan bo’lsada. Axir dunyoni o’zi yolg’on emasmi? Inson hayotga bir marta keladi. Uni atrofdagilar qalbida yodda qoladiganday o’tkazish kerak. Men “Hayot” yozuvchimdan yolg’on bilan boshlangan taqdirimdan also ranjiganim yoq. Chunki shu yolg’on ichida o’sdim, ulg’aydim. Ertangi kunimni kutayapman. Taqdir daftarimda yana qanday sinov yozilishini bilmayman…


                                ESHMURODOVA DURDONA     

Комментариев нет:

Отправить комментарий